12 noy 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Isroil Madrimov va Lazizbek Mullojonov Toshkentda jang qilishadi!
Lift Promotions promouterlik kompaniyasi navbatdagi boks kechasini elon qildi.
10 dekabr kuni "Humo Arena" majmuasida WBC bilan hamkorlikdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Musobaqa markaziy jangida super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq chempion hamyurtimiz Isroil Madrimov ozarbayjonlik Seymur Isaevga qarshi bahs olib boradi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Olimpiya o'yinlari g'olibi Lazizbek Mullojonov ham ringga ko'tarilishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, aslida turnir 30 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq tashkilotchilikdagi muammolar sabab janglar qoldirilgan edi.
Havola :
Manba : Lift Promotions
Fikrlar