13 okt 17:09
Yangiliklar
Isroil Madrimovning jangi qoldirildi
30 oktyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da Lift Promotions va O'zbekiston professional boks federaciyasi hamkorligida yirik prof boks turniri o'tkazilishi va musobaqa doirasida o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.
Isroilga turnirda ozarbayjonlik Seymur Isaev raqiblik qilishi aytilgan edi.
Biroq Lift Promotions kompaniyasining malum qilishicha, turnir 10 dekabr sanasiga qoldirildi.
"Aziz muxlislar!
30 oktyabr kuni "Humo Arena"da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Xalqaro Professional Boks Kechasi" tashkiliy sabablarga ko'ra 10 DEKABRGA ko'chirildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Biz uchun sizning ishonchingiz va xavfsizligingiz muhim", deyiladi tashkilot xabarida.

Fikrlar