27 noy 14:45
Yangiliklar
Javohir Sindarov Jahon chempionati matbuot anjumani oldidan futbol tomosha qilgan - FIDE
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) bu haqda amerikalik grossmeyster Moris Eshlining hikoyasi aks etgan videolavhani elon qildi.
Eshlining aytishicha, Sindarov matbuot anjumani boshlanishi arafasida stol ostidagi telefonida futbol uchrashuvini kuzatib o'tirgan. Mazkur holat o'zbekistonlik shaxmatchining jahon chempionligi uchun muhim bahs oldidan ham o'zini xotirjam tutayotganiga misol sifatida tilga olingan.
FIDE ushbu lavhani "Javohir Sindarov: xotirjam va... futbol tomosha qilyapti!" degan sarlavha bilan elon qildi.
Etiborlisi, Sindarov futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U avvalroq Britaniyaning "The Guardian" nashriga bergan intervyusida "Barselona" klubi va Lionel Messiga muxlisligini aytgan.
SHuningdek, o'zbekistonlik grossmeyster 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun SHimoliy Amerikaga ham borganini malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov 24 noyabrdan buyon SHveycariyaning Jeneva shahrida amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi chempionlik uchun bahs olib bormoqda.
Fikrlar