27 noy 10:28
Yangiliklar
Velosport
Xalqaro velosport federaciyasi prezidenti David Lappartyan Toshkentga keldi
Bugun tunda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lappartyan poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi vakillari kutib oldi.
Tashrif davomida mehmon mamlakatimizda velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. SHuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.










Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar