27 noy 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev: Ularning barchasini sindirmagunimcha ketmayman
UFC’ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Xamzat CHimaev ijtimoiy tarmoqda murojaat elon qildi.
U unda o'z o'rnini hech kimga bo'shatmoqchi emasligini va barcha raqiblarini mag'lub etish niyatida ekanini takidladi.
«Ularning barchasini sindirmagunimcha ketmayman. Taxtimni egallashga hatto urinib ham ko'rma», — deb yozdi sportchi.
Xamzat CHimaev 32 yoshda. Rossiyalik sportchi aralash yakkakurash bo'yicha professional faoliyatini 2018 yilda boshlagan, 2020 yildan beri UFCda ishtirok etib kelmoqda. U 2025 yilda o'rta vazn toifasida chempion bo'ldi. Borzning professional rekordi — 15 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat. G'alabalarining oltitasi nokaut evaziga qo'lga kiritilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar