12 noy 07:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev BAA fuqaroligini olish qarorini izohladi
UFC'ning o'rta vazndagi sobiq chempioni, asli chechenistonlik MMA jangchisi Xamzat CHimaev nega Birlashgan Arab Amirliklari fuqaroligini olishga qaror qilganini tushuntirdi.
"Fuqarolik olishga ruxsat berilishidan oldin ham bu erga ko'p kelganman. UFC'ga o'tishimdan avval ham shu erda ishlaganman. Keyin meni ayrim yigitlar bilan tanishtirishdi va biz juda yaqin bo'lib ketdik. Ular mashg'ulot yig'inlari uchun bu erga bir necha bor kelishimga yordam berishdi.
Bu mamlakat menga yoqadi. Bu erdagi hamma narsa vatanimni eslatadi. Bu joyni yaxshi ko'raman — dunyodagi eng yaxshi va eng xavfsiz maskanlardan biri", — deya CHimaevning so'zlaridan iqtibos keltiradi The National.
Havola :
Manba : The National
Fikrlar