11 noy 23:47
Yangiliklar
Ikkala bokschimiz ham IV Yoshlar Olimpiadasi finalida! Qozog'istonlik raqib mag'lub etildi
Xabar berganimizdek, bokschi qizlarimizdan ikki nafari yarim finalga etib kelgan edi. Biroz avval ularning har ikkisi ham o'z janglarida ishonchli g'alabaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sabrina CHakomanova qozog'istonlik Maral Tolepbergenni, -60 kg vazndagi vakilamiz Rushanabonu Isoeva esa misrlik Menatella Ibrahimni bir xil 5:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Sabrina CHakomanovaning hal qiluvchi final jangidagi raqibasi Evelin Trexos Salas bo'ladi. Kolumbiyalik bu bokschi 1/2 finalda yaponiyalik Yura Kanemaruni 5:0 hisobida engdi.
Rushanabonu Isoevaning Olimpiada chempionligi uchun kechadigan bahsdagi raqibasi Karolina Kollarova bo'ladi. Slovakiyalik bokschi 1/2 finalda yaponiyalik Ayano Mochini 4:1 hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
Final janglari bugun, 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar