So’nggi yangiliklar

14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0

11 noy 13:38
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Osiyo Millatlar kubogini g'alaba bilan boshlashdi. Bugun Hindistonga qarshi o'ynaymiz!

BAA poytaxti Abu-Dabi shahri shaxmat bo'yicha Osiyo Millatlar kubogiga mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi musobaqada erkaklar o'rtasida to'rt, ayollar o'rtasida besh shaxmatchi bilan qatnashyapti. Jamoaviy musobaqa shveycarcha tizimda, to'qqiz turdan iborat bo'ladi. Har bir shaxmatchiga partiya uchun 90 daqiqa beriladi, har bir yurishdan keyin esa soatiga 30 soniya qo'shiladi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo Millatlar kubogining birinchi turida falastinlik shaxmatchilarga qarshi bahs olib borib, ishonchli 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Muhammadali Abdurahmonov, Bahrom Baxrillaev, Abdumajid Botiraliev va SHerali Ravshanov raqiblaridan ustun kelgan holda jamoamizga ishonchli hisobdagi g'alabani taqdim etishdi. 

Bugun shaxmatchilarimiz 2-turda yulduzli tarkibga ega Hindiston terma jamoasiga qarshi dona surishadi. Hind grossmeysterlari 1-turda Livan terma jamoasini 4:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Birinchi turda Rossiya Nepalni, Xitoy Yangi Zelandiyani, BAA 3 jamoasi BAA 1 shaxmatchilarini, Ummon Malayziyani, Suriya esa Gonkongni 4:0 hisobida engdi. 


HINDISTON — O'ZBEKISTON (Juftliklar)

Nihal Sarin (GM 2720) — Humoyun Begmuratov (GM 2517)

Pranav (GM 2679) — Bahrom Baxrillaev (IM 2400)

Pranesh (GM 2673) — Abdumajid Botiraliev (FM 2368)

Aravindh CHitambaram (GM 22673) — SHerali Ravshanov (FM 2365)


O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham Osiyo Millatlar ligasi musobaqasini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Qizlarimiz Pokiston terma jamoasidan 4:0 hisobida ustun kelishdi. Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Toxirjonova, Umida Omonova va Nilufarxon Imomqo'zieva o'z partiyalarini g'alaba bilan yakunlashdi. Bugun 2-turda O'zbekiston - Qozog'iston qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.  


QOZOG'ISTON — O'ZBEKISTON (Juftliklar)

Meruert Kamalidenova (IM 2400) — Afruza Hamdamova (WGM 2447)

Kseniya Balabaeva (WGM 2396) — Gulruhbegim Toxirjonova (IM 2349)

Elnaz Kaliaxmet (WIM 2383) — Umida Omonova (WGM 2310)

Zarina Nurgalieva (WIM 2292) — Nilufarxon Imomqo'zieva (WFM 2305) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing