11 noy 11:03
Yangiliklar
To'rtta vaznda UFC reytingi yangilandi
Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 293 turnirida Valmdo Kortes-Akostani nokautga uchratgan braziliyalik Jonni Uoker tashkilotning og'ir vazn toifasi meta-reytingida dominikanlik bilan o'rin almashdi va divizionning eng yaxshi Top-15`taligiga kirdi. U o'n ikkinchi pog'onadan sakkizinchi o'ringa ko'tarildi.
SHuningdek, rossiyalik og'ir vazn toifasidagi Rizvan Kuniev amerikalik Kyortis Bleydsni oltinchi o'rindan tushirib, kuchli o'ntalikda bir pog'ona ko'tarildi. U so'nggi jangida vatandoshi Aleksandr Volkovga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Tadbirning ikkinchi muhim jangida hakamlarning yakdil qarori bilan Virna Yandirobani mag'lub etgan amerikalik Tatyana Suares ikki pog'ona yuqorilab, birinchi o'ringa chiqib oldi. Divizionning sobiq chempioni Veyli CHjan aksincha, ikkinchi o'ringa tushdi.
Vegasdagi musobaqaning dastlabki kardida hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurti Gabriela Fernandesni mag'lub etgan braziliyalik Karin Silva ayollar o'rtasidagi eng engil vazn toifasi reytingidagi o'rnini yaxshilab, o'n to'rtinchi pog'onadan o'n ikkinchi o'ringa ko'tarildi.




Fikrlar