12 noy 07:43
Yangiliklar
Total Chess. Abdusattorov ikkinchi kun Firuzdjaga qarshi ikkita partiya o'tkazdi
Uch xil vaqt nazorati, 24 nafar ishtirokchi 11 kun davomida Total Chess World Championship Tour bosh sovrini uchun bahs olib boradi. Musobaqaning ilk kuni omadsizlkka uchrab, o'tkazilgan blic bahslarida 9 ta turda faqat qozog'istonlik ayol shaxmatchi Bibisara Assaubaevani mag'lubiyatga uchratgan Nodirbek Abdusattorov ikkinchi kun ham ko'ngildagidek natija ko'rsata olmadi.
Grossmeysterlar 4 ta guruhga bo'linib, Fast Classic formatida kurashga kirishishdi. Besh kun davom etadigan bahslarda guruh bosqichidagi g'alaba uchun 3, durang uchun esa 1 ochko beriladi. Nodirbek birinchi kun franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi ikkita partiya o'tkazdi. Qora donalarda mag'lubyatga uchragan hamyurtimiz oq donalarda ustunlikka ega bo'lsa-da, yakunda durang bilan kifoyalandi. Bir ochkoga ega Abdusattorov guruhda so'nggi oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Musobaqa formati:
Fast Classic — 45 daqiqa + har yurishga 30 soniya
Rapid — 15 daqiqa + 10 soniya
Blits — 3 daqiqa + 2 soniya
Guruh bosqichi besh kun davom etadi. 17 noyabrdan pley-off bahslari boshlanadi. Unda shaxmatchilar bir-biriga qarshi blic, rapid va Fast Classic formatlarida o'ynaydi. Musobaqa 20 noyabr kuni yakunlanadi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi — 650 000 AQSH dollari. Turnir g'olibi 80 000 dollarni qo'lga kiritadi. 2027 yilda rasman yo'lga qo'yiladigan Total Chess jahon chempionati turining ilk sinovi aynan Budapeshtda bo'lib o'tadi.



Fikrlar