So’nggi yangiliklar

14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0

10 noy 14:15
Yangiliklar

SHaxmat

Magnus Karlsen: "Abdusattorov bilan mashg'ulotlar meni reallikka qaytardi"

Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorov bilan mashg'ulotlari, shaxmatda intuiciyaning ahamiyati hamda yaqin rejalari haqida gapirdi.

Bu fikrlar 7 noyabr kuni YUNISEF uchun mablag' yig'ishga bag'ishlangan xayriya strimida aytildi. Efir paytida Karlsen strimerlar va xayriya qilgan ishtirokchilar bilan shaxmat o'ynab, savollarga javob berdi.

Nodirbek bilan mashg'ulotlar

Karlsen internetda ko'p partiyalarni shunchaki vaqt o'tkazish uchun o'ynashini aytdi. Uning fikricha, bunday o'yinlar bazi yomon odatlarni shakllantirishi mumkin. Abdusattorov bilan mashg'ulotlar esa unga bu odatlardan xalos bo'lishga yordam bergan.

«Dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bilan o'ynasang, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.

Ularning hamkorligi tasodifan boshlanganini aytgan Karlsen Nodirbek haqida iliq fikr bildirdi. SHaxmatchining so'zlariga ko'ra, o'g'li ham Abdusattorovni juda yoqtirgan va ular o'rtasida yaqin munosabat shakllangan.

Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashadimi?

Rapid va blic shaxmat bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish haqidagi savolga Karlsen hozircha aniq javob bermadi.

U musobaqaning Turkiyada o'tkazilishi avval muhokama qilingan boshqa manzillarga qaraganda o'ziga qulayroq ekanini takidladi. Bu esa ishtirok etish ehtimolini oshiradi. Biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Total Chess musobaqasi haqida

Yangi musobaqani intiqlik bilan kutayotgani so'ralganda, Karlsen dastlab hozir shaxmat o'ynashga unchalik qiziqmayotganini aytib, hazil qildi.

Keyin u Total Chess formatiga qiziqish bildirdi. Musobaqada qatnashish biroz hayajon va tashvish uyg'otishini aytgan bo'lsa-da, vaqti-vaqti bilan bir nechta partiya o'ynab turish yaxshi ekanini qo'shimcha qildi.

Yurish tanlashda intuiciyaning o'rni

Karlsen intuiciya va aniq hisob-kitob nisbatini taxminan 90 ga 10 deb baholadi. U bu raqamlar shaxsiy taxmini ekanini takidladi.

SHaxmatchining aytishicha, odatda xayoliga kelgan bitta yurishni tekshiradi. Bazan ikki yoki uchta nomzod yurishni ko'rib chiqadi. Agar bundan ko'proq variantni tahlil qilish kerak bo'lsa, ko'pincha poziciyasida muammo bo'ladi.

Bu erda gap necha yurish oldinni hisoblash haqida emas, balki tanlash uchun nechta yurishni ko'rib chiqish haqida ketmoqda.

London tizimiga munosabati

Karlsenning fikricha, London sistemasidan foydalanish o'yinchining saviyasiga bog'liq. Yuqori darajada moslashuvchanlik muhim bo'lsa, quyiroq saviyada bu tizim tayyor reja sifatida qo'l kelishi mumkin.

U London sistemasini turli piyoda tuzilmalari va poziciyalarga olib keladigan, imkoniyatlari keng debyut sifatida tarifladi. Nazariyaning rivojlanishi tufayli yuqori saviyada uning yangilik jihati biroz kamaygan.

SHunga qaramay, Karlsen shaxmat taraqqiy etgani sayin italyancha partiya va London sistemasi avval o'ylanganidek bezarar hamda biryoqlama emasligi ayon bo'layotganini aytdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing