10 noy 12:11
Yangiliklar
SHaxmat
Osiyo Millatlar kubogida O'zbekiston sharafini to'qqiz shaxmatchi himoya qiladi
10-17 noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo'yicha Osiyo Millatlar kubogi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi musobaqada erkaklar o'rtasida to'rt, ayollar o'rtasida besh shaxmatchi bilan qatnashadi.
Erkaklar:
- GM Humoyun Begmuratov — 2517
- IM Muhammadali Abdurahmonov — 2406
- IM Bahrom Baxrillaev — 2400
- FM Abdumajid Botiraliev — 2368
Ayollar:
- WGM Afruza Hamdamova — 2447
- IM Gulruxbegim Tohirjonova — 2349
- WGM Umida Omonova — 2310
- WFM Nilufarxon Imomquzieva — 2305
- WIM Guldona Karimova — 2264
Jamoaviy musobaqa SHveycariya tizimida, to'qqiz turdan iborat bo'ladi. Har bir shaxmatchiga partiya uchun 90 daqiqa beriladi, har bir yurishdan keyin esa soatiga 30 soniya qo'shiladi.
Havola :
Manba : t.me/Uzbchessfederation
Fikrlar