09 noy 16:21
Yangiliklar
Xokkey bo'yicha Osiyo chempioni aniqlandi
Talg'at Jaylauov boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasi musobaqadagi uchchala uchrashuvda ham g'alaba qozondi:
Yaponiya – Qozog'iston — 2:3
Qozog'iston – Xitoy — 5:0
Qozog'iston – Koreya Respublikasi — 1:0 (bullitlar seriyasida)
Turnirning eng yaxshi hujumchisi deb Maksim Muxametov topildi. U uchta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
SHu tariqa, 2024 yilda boshlangan Osiyo chempionatining hozirgacha o'tkazilgan uchala turnirida ham Qozog'iston g'olib chiqdi. Terma jamoa tarkibi mamlakat ichki chempionatida qatnashadigan "Nomad", "Torpedo", "Sariarka", "Gornyak" va "Almati" klublari o'yinchilaridan tuzilgan.
2028 yilgi Osiyo chempionati mezbon shahri keyinroq elon qilinadi.

Fikrlar