09 noy 13:15
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" tarixida ilk bor ushbu holatga tushib qoldi
Bu Angliya Premer-ligasining 10-turida "qizil iblislar"ning "Aston Villa" bilan durang o'ynaganidan so'ng (4:4) sodir bo'ldi.
SHu tariqa, "Manchester Yunayted" o'z tarixida ilk bor 10 va undan ortiq turdan keyin APLning quyi zonasidan joy oldi. Opta Analyst xabariga ko'ra, Premer-liga tashkil topgan 1992 yildan buyon 18-o'ringa tushib ketgan "qizil iblislar" eng yomon natijani qayd etishdi. Agar mankunianliklarning oliy diviziondagi butun tarixi hisobga olinsa, ushbu natija 1986/1987 yilgi mavsumdan beri (o'shanda ular 20-o'rinda edilar) eng yomoni hisoblanadi.
APL tashkil topganidan beri "Manchester Yunayted" biror marta ham 3-turdan keyin quyi zonasida bo'lmagan edi.
Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" bitta g'alabaga erishdi, beshta o'yinda durang o'ynadi va to'rt marta mag'lubiyatga uchradi.

Fikrlar