18 noy 12:11
Yangiliklar
CHimaev chempionlik unvonini himoya qiladi. Raqib sobiq UFC chempioni + POSTER
O'tgan hafta yarim og'ir vazn toifasida RAF-krossover chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Xamzat CHimaev 19 dekabr kuni Uniondeyl shahrida bo'lib o'tadigan RAF 16 turnirida yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rashad Evansga qarshi ilk kamar himoyasini o'tkazadi.
Professional kurash ligasi matbuot xizmati ushbu uchrashuvni rasman elon qildi, u tadbirning asosiy jangiga aylanadi.
14 noyabr kuni 32 yoshli Xamzat CHimaev yarim og'ir vazn toifasidagi RAF-krossover chempionlik unvoni uchun kechgan jangda UFC`ning sobiq o'rta vazn chempioni Kris Vaydmanni texnik ustunlik bilan mag'lub etib, tashkilotdagi beshinchi g'alabasini nishonlagandi. Bundan oldin "Borz" Dilon Denis, Tayron Vudli, Gilbert Berns va Robbi Louler ustidan muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
47 yoshli Rashad Evans uchun ushbu uchrashuv RAF ligasidagi debyut jang bo'ladi. 2018 yilda UFC`dagi faoliyatini yakunlagan amerikalik 2022 yilda Eagle FC ligasida Gabriel CHekkoga qarshi jang o'tkazib, hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan. O'tgan yili esa "Rampage" Jekson bilan boks jangida uchrashishi kerak edi, biroq u keyinchalik bekor qilingandi.

Fikrlar