18 noy 10:38
Yangiliklar
SHaxmat
Osiyo Millatlar kubogida ikki shaxmatimiz individual sovringa ega chiqdi + FOTO
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan Asian Nations Chess Cup 2026 musobaqasi o'z yakuniga etdi.
O'zbekiston terma jamoasi vakillari Osiyoning kuchli shahmatchilari bilan kechgan bahslarda o'z mahoratlarini namoyon etib, yurtimiz hisobiga ikkita medal taqdim etdi.
Ayollar terma jamoamiz vakilalari doskalar kesimidagi individual natijalar bo'yicha shohsupaga ko'tarildi:
Gulruhbegim Tohirjonova 2-doskada ko'rsatgan natijasi bilan Osiyo Millatlar kubogining kumush medali sohibasiga aylandi. Nilufarxon Imomqo'zieva esa 5-doskadagi ishtiroki orqali shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy egallab, O'zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medalini qo'shdi.
O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari esa musobaqada sovrinli o'rinlarni band eta olishmadi.




Havola :
Fikrlar