16 noy 12:42
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz "SHHT Ochiq kubogi"da 7 ta medal qo'lga kiritishdi
Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida bir nechta sport turi bo'yicha SHanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) azo davlatlar o'rtasidagi kompleks musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Xabar berganimizdek, "SHHT Ochiq kubogi" xalqaro sport tadbiriga dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azolari ham yo'l olishgandi. Musobaqa yakunida vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Turnirda qatnashgan 8 dzyudochimizdan 7 nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy olgani etiborga molik holat.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-73 kg: Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov
+100 kg: Muhammadali Tangriev
Kumush medallar
-57 kg: Muhayyo Axmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
Bronza medal
-48 kg: Sevinch Murodova









Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar