16 noy 08:34
Yangiliklar
19 yoshli Mirra Andreeva Yakuniy WTA turniri chempioni bo'ldi
Musobaqa bosh sovrini biroz kutilmaganda dunyoning uchinchi raketkasi Mirra Andreevaga nasib etdi. Rossiyalik 19 yoshli iqtidor egasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani 7/5, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina eys zarbasini amalga oshira olmadi, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Andreeva 2 ta eys zarbasini ijro etib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik 6 ga 3 ko'rinishida Mirra foydasiga bo'ldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Andreeva ustunlik qilmoqda - 3:1. Rossiyalik guruh bosqichida ham Svitolinani taslim etgan edi.
Mirra Andreeva faolitiyada ilk bor WTA Yakuniy turnirida chempion bo'ldi. U bugun elon qilinadigan yangilangan WTA reytingida dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanadi.
Indian-Uellsdagi muvaffaqiyatli ishtirok Andreevaga 1000 reyting ochkosi hamda 3 million 370 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli taqdim etdi. Vice-chempion Elina Svitolina esa 800 reyting ochkosi hamda $ 1,28 mln mukofot puli ishlab oldi.

Fikrlar