15 noy 15:33
Yangiliklar
Afsonaviy Ronaldino professional futbolga qaytishi sababini oshkor qildi
"Bularning barchasi "Ravenna" prezidenti Ignacio CHipriani bilan do'stligimiz va kelajakdagi rejalarimiz bilan bog'liq. Men hayotimdagi o'zgacha, takrorlanmas lahzani boshdan kechirishni istayman. Umid qilamanki, bu kun boshqa o'yinchilar uchun ham o'zgacha bo'ladi.
Faoliyatimni yakunlagach, ortga nazar tashladim va o'zim xohlagan barcha sovrinlarni yutganimni angladim. Hozir esa menda yana futbol o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi va bundan zavq olyapman. Bundan tashqari, muxlislarga ajoyib kunni taqdim etishni xohlayman. Ushbu yangi sarguzashtni katta mamnuniyat bilan boshlayapman", — deydi Ronaldinoning so'zlarini Football Italia nashri.
46 yoshli braziliyalik futbolchi "Ravenna" safidagi debyutini S Seriya doirasida "Forli"ga qarshi o'yinda o'tkazadi.

Fikrlar