15 noy 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Morales: "Maxachevdagi kamarni Ekvadorga olib ketaman"
UFC jangchisi, ekvadorlik Maykl Morales braziliyalik Karlos Pratesni mag'lub etishiga, shundan so'ng Islam Maxachev bilan oktagonda uchrashishiga ishonch bildirdi.
"Men Islam Maxachev bilan jang qilaman. Bunga hech qanday shubha yo'q, bu mutlaqo aniq. Kanadada o'z ishimni bajarganimdan keyin chempionlik kamarini Ekvadorga olib ketaman", — dedi Morales Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida.
Maykl navbatdagi jangini 30 yanvar kuni Toronto shahrida o'tkazadi. Karlos Pratesga qarshi bahsda UFC yarim o'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar