16 noy 07:01
Yangiliklar
SHara Bullet UFC`da 100 millionga jangda yutqazishni taklif qilishgani va hatto raqibni ham aytib o'tdi
SHara Buletning aytishicha, unga polshalik Mixal Olekseychuk bilan bo'lgan jangda yutqazish taklifi berilgan. Ushbu jang 2024 yil 4 avgust kuni Abu-Dabida UFC on ABC 7 turnirida bo'lib o'tgan va SHaraning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.
— Tennisda bazida yosh o'yinchilar keyinchalik musobaqalarga borish va boshqa narsalarga imkon yaratish uchun "kelishilgan o'yinlar"da ishtirok etishadi. Sizga ham shunday taklif bo'lganmi?
— Ha, menga ham shunday taklif bo'lgan. UFC`da jangim bor edi, menga 100 million rubl taklif etishdi, buning uchun jangda yutqazishim kerak edi. Olekseychuk, mening raqibim bo'lgan, polyak. Menga 100 million taklif qilishdi, lekin men rad etdim. Istamadim, o'shanda men uchun puldan ko'ra faoliyatim ancha muhim edi, — dedi Magomedov YouTubedagi "Makarena" kanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar