02 noy 21:04
Yangiliklar
WTA reytingi yangilandi. 22 pog'ona yuqorilagan Rahimova endi dunyoning 44-raketkasi!
Etiborga molik jihati shundaki, O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 22 pog'onaga yuqorilab, dunyoning 44-raketkasiga aylanib oldi. Bu Rahimova uchun faoliyatidagi eng yuqori o'rin bo'ldi.
Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva ham WTA reytingida ikki pog'onaga ko'tarilib, roppa-rosa 70-o'ringa joylashdi. Sevil Yuldasheva ham uch o'ringa ko'tarildi. Uchinchi raketkamiz Polina Kudermetova esa o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, ikki o'ringa pastladi. Layma Vladson yangilangan reytingda 17, Milana Maslenkova 5, Darya SHubina 2 o'ringa pastga sho'ng'idi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarishlar kuzatildi. Amerikaliklar Koko Goff va Jessika Pegula o'zaro o'rin almashib olishdi. CHexiyalik Linda Noskova 9-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarildi. Polshalik Iga Svyontek esa aksincha, 8-o'rindan 9-pog'onaga tushdi. Qozog'istonlik Elena Ribakina hamon katta farq bilan WTA reytingida peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan belaruslik Arina Sobolenko va rossiyalik Mirra Andreeva joy olgan.
WTA reytingi. 2 noyabr kungi holat:
1. (1) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 8099 ochko.
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6485.
3. (3) Mirra Andreeva (Rossiya) - 6306.
4. (5) Koko Goff (AQSH) - 5763.
5. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5760.
6. (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 5121.
7. (7) Karolina Muxova (CHexiya) - 4665.
8. (9) Linda Noskova (CHexiya) - 4343.
9. (8) Iga Svyontek (Polsha) - 4188.
10. (10) Marta Kostyuk (Ukraina) - 3910…
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
44 (66). Kamilla Rahimova – 1164
70 (72). Mariya Timofeeva – 952
93 (91). Polina Kudermetova – 813
596 (579). Layma Vladson – 77
928 (931). Sevil Yuldasheva – 26
1334 (1329). Milana Maslenkova – 7
1468 (1466). Darya SHubina – 4

Fikrlar