02 noy 17:01
Yangiliklar
"Xuddi birinchi chempionlik kamarimni qo'lga kiritgandek bo'ldim". Alvares WBC’ning ikkinchi o'rta vazn chempioni bo'lgani haqida
— Saul, bu chempionlikni Golovkinga qarshi jangdan keyin bo'lganidek, katta xursandchilik bilan nishonlagandek ko'rinding...
— Yo'q, men o'zimni xuddi birinchi marta jahon chempioni bo'lganimdagidek his qildim. Rostini aytsam, professional boksdagi 21 yillik faoliyatim va ilk chempionligimdan beri o'tgan 16 yildan keyin ham o'zimni xuddi birinchi chempionlik kamarimni qo'lga kiritgandek his qilyapman.
Meni doimo qo'llab-quvvatlab kelayotgan barcha insonlardan juda minnatdorman. O'z mamlakatim sharafini himoya qilayotganimdan, Meksikani butun dunyo bo'ylab, uning har bir burchagida munosib namoyon etayotganimdan g'ururlanaman", — deya Kaneloning so'zlarini keltiradi Fight Hub TV akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.
Fikrlar