02 noy 13:57
Yangiliklar
Xamzat CHimaev bir o'lib tirilgan yakkakurash ustasiga qarshi jang qiladi + POSTER
Gap Xamzat CHimaev va Xorxe Masvidal haqida ketmoqda. Ularning o'zaro to'qnashuvi 4 dekabr kuni Dubayda bo'lib o'tadigan greppling qoidalariga asoslangan ALF Ligasi debyut turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
Tadbir tashkilotchilari rasman xabar qilganidek, rossiyalik va amerikalik sportchilar "faqat sabmishn" formatida greppling jangini o'tkazishadi.
Joriy yilning may oyida UFC`ning o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini SHon Striklendga qarshi jangda yo'qotgan Xamzat CHimaev RAF professional kurash ligasida faol ishtirok etishda davom etmoqda. U bu kurash ligasida allaqachon to'rtta bellashuvda muddatidan oldin g'alaba qozongan. 14 noyabr kuni Abu-Dabidagi turnirda "Borz" amerikalik Kolbi Kovingtonga qarshi RAF krossoverning kruzerveytdagi titulini olishga harakat qiladi.
UFC`ning yarimog'ir vazn toifasidagi chempionlik kamariga sobiq davogar, BMF titulining sobiq sohibi Xorxe Masvidal esa 2023 yilning aprel oyidan buyon oktagonga chiqmagan. O'shanda u Gilbert Byornsga qarshi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib, faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. 2024 yilning iyul oyida sobiq ko'cha jangchisi Neyt Diasga qarshi boks jangini o'tkazdi va o'n raund yakunlariga ko'ra, hamyurtiga hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan yutqazdi.


Fikrlar