02 noy 07:01
Yangiliklar
"Aleks uchinchi chempionlik kamarini qo'lga kirita oladi" - UFC sobiq chempioni
"Menimcha, Aleks uchinchi chempionlik kamarini qo'lga kirita oladi. Men birinchi chempionlik kamarimni qo'lga kiritganimda 38 yoshda edim. SHuning uchun uning ishlari yaxshi bo'lishiga ishonaman. U baquvvat yigit.
UFC’ning Oq uydagi turniridagi jang uning og'ir vazndagi ilk tajribasi bo'ldi. Menimcha, u o'z tayyorgarligini allaqachon namoyish etdi. Endi Aleks nimani kutish kerakligini biladi.
Bu oson emas, ammo u har doim janglarga puxta tayyorgarlik ko'rib chiqadi. Menimcha, Aleks allaqachon shu darajaga etgan. Pereyra ikki xil vazn toifasida ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. SHuning uchun u mendan ham ko'proq natijaga erishdi, deyish mumkin. Axir menda faqat bitta chempionlik kamari bor", — deya Miochichning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
/news/big/j/j/aleks-sposoben-zavoevat-tretij-poyas-on-krepkij-paren-eks-chempion-ufc-o-perejre_17933769221568644756.jpg)
Fikrlar