01 noy 12:11
Yangiliklar
Taekvondo
Madina Mirabzalova Serbia Open-2026 g'olibi bo'ldi, Svetlana Saidova (Osipova) hisobida bronza!
O'zbekiston terma jamoasi vakili Madina Mirabzalova Serbiyaning Belgrad shahrida o'tkazilgan taeevondo WT bo'yicha G-1 toifasidagi "Galeb Belgrade Trophy-Serbia Open 2026" turnirida oltin medalni qo'lga kiritdi.
23-bor tashkil etilgan xalqaro musobaqada Mirabzalova -57 kg vazn toifasida g'olib chiqdi.
Yana bir O'zbekiston vakili Svetlana Saidova (Osipova) +67 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Qayd etilishicha, har ikki sportchi bundan 4 kun avval Namanganda o'tkazilgan "Uzbekistan Open" turnirida ham shohsupaga ko'tarilgan edi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar