01 noy 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Rahmatullo Boymatov ham Jahongir Zokirov bilan bir oqshomda jang qiladi
14 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha Zuffa Boxing 13 prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Avval xabar berganimizdek, musobaqada o'zbekistonlik og'ir vaznli charm qo'lqop ustasi Jahongir Zokirov ringga chiqadi.
Malum bo'lishicha, Riyoddagi turnirda yana bir hamyurtimiz — Rahmatullo Boymatov ham ishtirok etadi. Hozircha bokschilarimizga oqshom doirasida kimlar raqib bo'lishi aytilmagan.
Takidlash joiz, har ikki bokschimiz hozirga qadar Zuffa Boxing Ligasida bittadan jang o'tkazib, g'alaba qozonishgan.


Havola :
Fikrlar