31 okt 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik bokschi SHohjahon Ergashevga javob qaytardi
Qozog'istonlik bokschi Torexan Sabirxan o'zbekistonlik taniqli professional bokschi SHohjahon Ergashev (27-2, 24 nokaut) bilan jang o'tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
IBA Nomad ligasining rasmiy Instagram sahifasida Sabirxanning bayonoti aks etgan poster elon qilindi. Unda qozog'istonlik bokschi o'zbekistonlik bokschi bilan ringda kuch sinashishga tayyorligini malum qilgan.
"SHou kerakmi? Men tayyorman", — dedi Torexan.
Avvalroq SHohjahon Ergashev dekabr oyi boshida Olmaotada bo'lib o'tadigan IBA Nomad turnirida ringga qaytishini va istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorligini aytgan edi.
Havola :
Manba : Nomadfighting
Fikrlar