31 okt 14:13
Yangiliklar
Uch nafar erkin kurashchimiz joy olgan RAF reytingi yangilandi
Ushbu ligada uch nafar erkin kurashchimiz - Mirzobek Hayitov, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov hamda Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov o'z bellashuvlarini o'tkazib kelmoqda.
O'rta vazn toifasi vakili bo'lgan Razambek Jamalov yangilangan reytingda 2-o'rinni egallab turibdi. Taymuraz Salkazanov 1-pog'onadan joy olgan ushbu vazn chempioni Devid Karr hisoblanadi.
Ushbu vazndan yana bir erkin kurashchimiz - Mirzobek Hayitov ham joy olgan. U 9-o'rinda qayd etildi.
Jeyson Nolf chempion bo'lib turgan yarim o'rta vazn toifasi reytingiga Bekzod Abdurahmonov kiritilgan. Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori 7-o'rinda bormoqda.
Malumot uchun, Razambek Jamalov shu yil iyul oyida amerikalik Jarrett Jakni kichik ustunlik bilan (3-2) taslim etgandi. Mirzobek Hayitov 18 iyul kuni AQSHning Viskonsin shtati, Miluoki shahrida o'tkazilgan RAF 11 turnirida amerikalik Maykl Kaliendoga 2-9 hisobida yutqazgandi. Bekzod Abdurahmonov 14 iyun kuni AQSHning Sent-Luis shahrida tashkil etilgan RAF 10 turnirida Kigan O'Tulga 6-10 imkoniyatni boy bergandi.


Fikrlar