01 noy 07:59
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" ikkita mag'lubiyatdan so'ng bor alamini "Alaves"dan oldi, "ko'k-anorranglilar" raqib darvozasiga 6 ta to'p kiritishdi
La Liga 11-tur doirasidagi "Barselona" - "Alaves" o'yini bo'lib o'tdi.
“Barselona” “Kamp Nou”da o'tgan o'yinda “Alaves”ni 6:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Rafinya (dubl), Lamin Yamal (dubl), Fermin Lopes va Entoni Gordon mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini “Real” sobiq hujumchisi Mariano Dias urdi.
“Barselona” ushbu o'yindagi g'alabadan so'ng 30 ochko bilan La Liga etakchisiga aylanib oldi. Eng yaqin taqibchi bo'lgan “Atletiko” 28 ochkoga ega. Undan so'ng raqobatchilaridan bitta kam o'yin o'tkazgan “Real” 24 ochko bilan bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar