17 okt 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski UFC yarim engil vazn divizionidagi eng xavfli jangchi kimligini aytdi
UFC’ning yarim engil vazn toifasidagi chempioni Aleksandr Volkanovski Movsar Evloev bilan bo'lajak chempionlik jangi oldidan raqibini jiddiy xavf deb hisoblashini bildirdi.
"Aynan Evloevga o'xshagan jangchilar seni kutilmaganda qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin. Bunday janglarda ayniqsa ehtiyotkor bo'lish kerak, chunki voqealarning bunday tus olishini kutmaysan.
Agar raqibingning zarbalari juda kuchli bo'lsa, undan himoyalanish kerakligini tushunasan. Ammo doim hakamlar qarori bilan g'alaba qozonadigan jangchilar ham bitta zarba bilan butun dunyoni hayratda qoldirishi mumkin.
O'zimni hisobga olmaganda, men uni haqiqatan ham diviziondagi eng xavfli jangchi deb bilaman", — deya Volkanovskining so'zlarini keltiradi Esquire Middle East nashri.
Havola :
Manba : Esquire Middle East
Fikrlar