02 noy 09:35
Yangiliklar
Bogdan Guskovning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili malum + POSTER
Ushbu jang 2027 yil 6 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bogdan Guskov avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Yarim og'ir vazn toifasidagi jang rasman dunyoning eng kuchli Ligasi matbuot xizmati tomonidan elon qilindi.
Guskov ayni paytda UFC Meta-reytingida 10, Uittaker esa 11-o'rinni egallab turibdi.
Avstraliyalik 35 yoshli sobiq chempion Robert 28 g'alaba va 9 mag'lubiyatga ega. Oxirgi jangini shu yil 12 iyul kuni Nikita Krilovga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq taslim etgandi. Aynan shu jangda u yarim og'ir vazn toifasida debyut qilgan. Undan avvalgi ikkita jangida esa Rene De Ridder va Xamzat CHimaevga imkoniyatni boy bergan.
Uittaker faoliyatidagi 9 ta mag'lubiyatdan 2 tasini Israel Adesanyadan qabul qilib olgan.

Fikrlar