22 sen 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC: Bogdan Guskovning reytingida yana o'zgarish bo'ldi
Suniy intellektga asoslangan UFC Meta reytingi yangilandi.
Xabaringiz bor, Liganing yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov ham faoliyat olib boradi. U so'nggi jangida rossiyalik Magomed Ankalaevga mag'lub bo'lganidan keyin reytingda o'ninchi o'rindan o'n birinchi o'ringa tushgan edi.
Oxirgi yangilanishga ko'ra, Bogdan yana bir poziciya yo'qotdi va endi reytingda o'n ikkinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq, Guskov UFC'dagi keyingi jangini dekabr oyida o'tkazishi mumkinligiga shama qilgandi.

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar