06 noy 18:05
Yangiliklar
Chennai Open. Kudermetova birinchi raketkaga qarshi uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Musobaqada ishtirok etgan Polina Kudermetova yarim final ostonasida to'xtatildi. O'zbekistonning uchinchi raketkasi 1/4 finalda turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan indoneziyalik Janis Tenga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 4/1 hisobida Polina foydasiga hal bo'layotgan bir paytda uchrashuv yomg'ir sabab to'xtatildi.
Tanaffus indoneziyalik tennischi foydasiga xizmat qiladi. Birinchi setni o'z foydasiga hal qilgan Kudermetova yakunda umumiy g'alabaga erisha olmadi - 5/7, 6/4, 6/2. Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Ten 13, Kudermetova 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada karrasiga ko'proq bo'ldi - 7 ga 2.
Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova ayni paytda dunyoning 93-raketkasi bo'lib turibdi, Janis Ten esa WTA reytingida 75-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning so'nggi 10 kun ichida o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Guanchjoudagi turnirning ilk davrasidayoq Ten Kudermatovani 6/2, 6/2 hisobida dog'da qoldirgandi.

Fikrlar