06 noy 14:59
Yangiliklar
Karlos Prates UFC`dagi gonorarini malum qildi: "Juda xursandman!"
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi shuning barobarida oktagonga chiqish uchun bir million dollardan ortiq mablag' olishini aytdi.
"Jang uchun bir million dollardan ortiq. Men juda xursandman. Haqiqatan ham juda xursandman. Sakkizta jangning hammasini o'tkazamanmi, bilmayman. Balki ikkita, uchta yoki umuman bitta. Qachon faoliyatimni yakunlashimni ayta olmayman. Balki ertaga, balki keyingi jangdan keyin. Bilmayman. Men shunchaki kunlik yashashni yaxshi ko'raman.
Men pul topishni, barchani mag'lub etishni, chempion bo'lishni xohlayman va qachonki menga hammasi yoqmasa – ketaman. Qachonki men eng yaxshilar bilan raqobatlasha olmasligimni, birinchi raqam bo'la olmasligimni his qilsam, jangni davom ettirishning manosi qolmaydi. Balki o'shanda faoliyatimni yakunlayman", - dedi braziliyalik Fighters Weekly nashriga bergan intervyusida.
Yangi shartnoma bo'yicha Karlos Pratesning birinchi jangi 30 yanvar kuni Toronto shahrida bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirida mag'lubiyatsiz ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi bo'lib o'tadi. Bu jangda u yarim o'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritishga urinadi.

Fikrlar