06 noy 16:01
Yangiliklar
Emelyanenko va Maxachev jahon sambosining rasmiy elchilari bo'lishdi
Marosim kecha Toshkentda bo'lib o'tgan matbuot anjumani doirasida bo'lib o'tdi. Matbuot anjumani bugun poytaxtimizda start olgan sambo bo'yicha yubiley elliginchi jahon chempionatining boshlanishi munosabati bilan tashkil etildi.
Sambo elchilariga xalqaro arenada ushbu sport turini taqdim etish va ommalashtirish, uning rivojlanishiga ko'maklashish, shuningdek, sambo qadriyatlari va ananalarini dunyo bo'ylab targ'ib qilish vazifalari rasman yuklatildi.
Emelyanenko va Maxachev chempionatga tashrif buyuradigan 27 nafar jahon sambosi afsonalari qatoridan o'rin oldi. Ular orasida sport tarixiga o'z nomlarini yozdirgan ko'p karra jahon chempionlari ham bor.
Hozirda 35 yoshli Islam Maxachev UFC yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamarini saqlab turibdi va tashkilotning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchisi hisoblanadi. 50 yoshli Fyodor Emelyanenko esa 2023 yil fevral oyida MMAdagi faoliyatini rasman yakunlagan edi.

Fikrlar