12 sen 14:45
Yangiliklar
Bogdan Guskov: "Ankalaev - eng kuchli yarim og'ir vaznli jangchi, ammo..."
"Magomed — eng yaxshisi! O'ylaymanki, u buni o'zi ham tushunadi, lekin uning media-faoliyati oqsoqlanmoqda va shu sababli Ankalaev balki o'ziga munosib o'rinda emasdir. Agar media tomoni ustida ishlasa, ishi har tomonlama besh bo'ladi... Lekin har kim o'ziga qulay tarzda harakat qiladi. Agar u o'zini shunday tutayotgan bo'lsa, demak, unga shunday qulay. Men unga nimanidir o'rgatadigan darajada emasman. U kuchli, eng kuchlilaridan biri — bu fakt!", — dedi Guskov "Sovsport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 25 iyul kuni Abu-Dabida Magomed Ankalaev Bogdan Guskov ustidan g'alaba qozongan edi (beshinchi raundda texnik nokaut).
Avvalroq, Ankalaev UFC yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun braziliyalik Aleks Pereyra bilan ikki marta jang qilgan. Birinchi jangda Magomed hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan, ikkinchisida esa birinchi raunddayoq nokautga uchragan edi.

Fikrlar