27 okt 13:10
Yangiliklar
Kasparov Javohir Sindarovning Gukeshga qarshi jahon toji uchun bahsi haqida gapirdi
Uning aytishicha, Sindarov tomoshabop o'yin ko'rsatsa-da, Gukeshning bunday bahslardagi tajribasi unga ustunlik berishi mumkin.
Jahon chempionligi bahsi Jenevada o'tkaziladi. Rasmiy dastur 22 noyabrda boshlanadi, birinchi klassik partiya 24 noyabrga belgilangan. 14 ta klassik partiyadan so'ng hisob 7:7 bo'lsa, tay-breklar 12 dekabr kuni o'tkaziladi.
Kasparov Antverpendagi tadbir oldidan Gukeshga biroz ko'proq imkoniyat berishini aytdi.
"Menimcha, Sindarov ko'proq tomoshabop o'yin ko'rsatadi, ammo tajriba muhim. Gukeshda esa bu bor. Uni mag'lub etish qiyin. SHuning uchun men Gukeshga biroz ko'proq imkoniyat beryapman", — dedi Kasparov.
Sobiq jahon chempionining fikricha, jahon toji uchun uzoq muddat tayyorgarlik ko'rishdan tashqari, bunday darajadagi uchrashuvlardagi tajriba ham hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. U Gukeshni ko'proq himoyaviy uslubda o'ynaydigan shaxmatchi sifatida tariflab, uni kortning orqa chizig'idan o'ynaydigan tennischiga qiyosladi. SHu bilan birga, Kasparov Sindarov bahsda oldinga chiqsa, vaziyat butunlay o'zgarishi mumkinligini ham qayd etdi.
Fikrlar