21 okt 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummatalievning jang sanasi va manzili o'zgardi
O'zbekistonlik bokschi Javohir Ummataliev professional boksdagi navbatdagi jangini 17 oktyabr kuni Londonda o'tkazishi kerak edi.
Biroq bizga nomalum sabablarga ko'ra, bellashuv qoldirilgan. Ummatalievning ispaniyalik Atakayte Santanaga qarshi jangi endi 7 noyabr kuni Manchester shahrida tashkil etiladi. Bahs yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi.
Ummataliev professional faoliyatida hozirgacha ikki jang o'tkazib, har ikkala bahsda g'alaba qozongan. Santana hisobida esa to'rtta g'alaba va uchta mag'lubiyat bor.
Boks oqshomining markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida britaniyaliklar Joshua Buatsi va Uilli Xatchinson o'zaro to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar