26 okt 18:13
Yangiliklar
Yopiq inshootlar va jang sanatlari Osiyo o'yinlari bu yil o'tkazilmaydi
OOK va O'yinlar tashkiliy qo'mitasining qo'shma bayonotiga ko'ra, ushbu kompleks musobaqa 2027 yil 28 martdan 8 aprelgacha bo'lib o'tadi.
Yangi sanalar Milliy Olimpiya qo'mitalari va tadbir hamkorlari bilan maslahatlashuvlardan so'ng mahalliy tashkiliy qo'mita bilan birgalikda belgilandi. Ko'chirish sport taqvimini muvofiqlashtirish va ishtirokchi mamlakatlarning maksimal keng vakilligini taminlash imkonini beradi.
Yakuniy qaror tashkiliy va logistik masalalarni ko'rib chiqqandan so'ng qabul qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu musobaqada 45 ta davlatdan 4500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etadi.
O'yinlarni o'tkazish bo'yicha qo'shimcha malumotlar tashkilotchilar tomonidan keyinroq taqdim etiladi.
Fikrlar