26 okt 08:37
Yangiliklar
Sport kurashlari
Alisher G'aniev Jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi
O'zbekiston sport kurashlari terma jamoasi Qozog'istonda o'tayotgan jahon chempionatidagi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Yunon-rum kurashi bo'yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher G'aniev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
O'tgan yilgi jahon chempionati finalchisi bo'lgan G'aniev uchinchi o'rin uchun bahsda germaniyalik sportchini mag'lub etdi.
SHu tariqa, Alisher G'aniev jahon chempionatlarida ikkinchi bor sovrindor bo'ldi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar