28 okt 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev SHon Striklendni istalgan vaznda jangga chorlamoqda
UFC'ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Xamzat CHimaev yana bir bor SHon Striklend bilan revansh jangi o'tkazish istagini bildirdi.
Uning aytishicha, amerikalik jangchi boshqa vazn toifasiga o'tsa ham, u jang uchun ortidan borishga tayyor.
"Bu jangni baribir tashkil qilamiz, xavotir olmang. Yarim og'ir vaznmi, og'ir vaznmi — u qaerga borsa, biz ham ortidan boramiz. Men ovchiman, u esa qochayotgan tovuq", — deydi CHimaev.
CHimaev va Striklend 2026 yil 9 may kuni Nyuarkda o'tkazilgan UFC 328 turnirining asosiy jangida to'qnash kelgan edi. Besh raundlik bahs yakunida Striklend hakamlar qarori bilan g'alaba qozonib, o'rta vazn chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar