28 okt 18:43
Yangiliklar
RIZIN chempioni Rajabali SHaydullaev Volkanovski bilan jang qilish niyatida
SHaydullaev ijtimoiy tarmoqlardagi postida Volkanovskining Movsar Evloev ustidan qozongan g'alabasini yuqori baholagan.
"Tabriklayman, Volk. Bu haqiqiy chempionning chiqishi edi. Sen keyingi avlod jangchilariga ilhom berasan. Bitta jang sportchining darajasini belgilamaydi. Movsar, yanada kuchli bo'lib qaytishingga umid qilaman. Volk bugun juda yaxshi ko'rindi. U bilan jangda o'z kuchimni sinab ko'rishni istardim", deb yozgan SHaydullaev.
Volkanovski 24 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tkazilgan UFC 333 turnirining asosiy jangida Movsar Evloevni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etib, yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi.
SHaydullaev esa so'nggi jangini sentyabr oyida Yaponiyaning Osaka shahrida o'tkazilgan Super RIZIN 5 turnirida EyJey Makkiga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, yarim engil vazn toifasida RIZIN va PFL chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar