So’nggi yangiliklar

19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 14:31Брэндон Ройвал Рамазон Темировнинг мағлубиятига кескин муносабат билдирди 0 12:53Моуриньо "Реал"га "Барселона"ни мағлуб этишга ёрдам берган энг муҳим қарорни маълум қилди 0 12:17U19 жаҳон чемпионатида олти нафар боксчимиз финалга чиқди 0 11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0

11 sen 14:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Rajabali SHaydullaev MVP ligasi bilan shartnoma imzoladi

Rizin va PFL tashkilotlarining yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarlarini amerikalik Ey Jey Makkiga qarshi jangda birlashtirgan Rajabali SHaydullaev amaldagi shartnomasiga ko'ra yana bitta jangi qolganini malum qildi.

Ushbu jangni u dekabr oyida yaponiyalik Kioma Akimotoga qarshi o'tkazishga tayyor, biroq qirg'izistonlik mag'lubiyatsiz jangchi allaqachon MVP ligasi bilan shartnoma imzolab ulgurgan.

Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani xabar berdi.

"Rajabali SHaydullaev endi Rizin va PFL chempioni! Rizin bilan shartnomaga ko'ra, unda yana bitta jang qolgan va u katta ehtimol bilan Yangi yil arafasida bo'lib o'tadi. Xo'sh, uning PFL/MVP bilan kelishuvi qanday?

Menga malum qilishlaricha, SHaydullaev PFL/MVP bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va u yanvardan kuchga kiradi. Kelishuv allaqachon rasmiylashtirilgan. Bu ularning tarkibi uchun ajoyib yangilik. SHak-shubhasiz, SHaydullaev — UFC'dan tashqaridagi eng kuchli yarim engil vaznli jangchi", — deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Osakada bo'lib o'tgan Super Rizin 5 turnirining markaziy jangi to'liq uch raund davom etdi va SHaydullaevning g'alabasi bilan yakunlandi. SHu tariqa u o'ziga tegishli bo'lgan Rizin kamarini himoya qildi hamda PFL'ning vakant chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, kelgusi yilning yanvaridan boshlab PFL ligasi o'z faoliyatini to'xtatadi va MVP MMA ligasi tarkibiga qo'shib yuboriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing