16 sen 08:35
Yangiliklar
Nurmagomedov 3,5 yil deganda ilk bor PFL turnirida jang qiladi + POSTER
Dog'istonlik aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangini 14 noyabr kuni BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan PFL turnirida avstraliyalik Devid Martinesga qarshi o'tkazadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Abubakarning professional MMA rekordida 17 ta g'alaba (shundan ettitasi nokaut bilan), to'rtta mag'lubiyat va bitta durang bor. Nurmagomedov professional sifatida 2011 yilning oktyabrida debyut qilgan. Abubakar MMA qoidalari bo'yicha oxirgi jangini 2023 yil 4 iyun kuni UFC doirasida o'tkazgan edi. O'sha jangda Abubakar braziliyalik Elizeu Zaleski dos Santosga hakamlarning bo'lingan qarori bilan imkoniyatni boy bergandi.
Devid Martinesning aralash yakkakurashlar bo'yicha professional rekordida 17 ta g'alaba va oltita mag'lubiyat bor. Martines oxirgi jangini 2026 yil 16 aprel kuni PFL Belfast turnirida o'tkazib, greciyalik jangchi Yannis Baxarni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi.

Fikrlar