08 iyu 10:29
Yangiliklar
Fazliddin G'oibnazarov "sotilgani" haqida mish-mish tarqalgan Rajab Butaev bilan jangini esladi
"Jangni sotgansan, deb katta kishilar aytishdi. Sport ichidagi odamlar. Qarasam, baribir o'zini fikrida. Keyin sababini aytdim, ishonadimi yoki yo'q o'zi biladi. Menda o'sha payti ko'nglim aynib qoldi (kuladi). Bunaqasi faoliyatimda bo'lmagandi. O'zi bir raund avval to'xtatmoqchi edik. Rahmatjon Ro'zioxunov ham bor edi, balki vaziyat o'zgarar, deb yana bir raund tushib ko'rdik. Ammo o'xshamadi. Men kaltakdan qo'rqib bunday qilmaganman. Xudo menga shuncha g'alaba berdi, lekin birgina mag'lubiyatni deb qo'lni siltab keta olmayman", deydi G'oibnazarov Olamsport.com Bosh muharriri Kamoliddin Alimov bilan suhbatda.
Malumot uchun, hamyurtimiz prof boksda 13 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi mag'lubiyatini 2023 yil noyabr oyida aynan Rajab Butaevdan qabul qilib olgandi.
To'liq intervyuni tomosha qiling:
Fikrlar