28 okt 20:03
Yangiliklar
Futbol
Xitoyda Mbappe bilan bog'liq mojaro sababli La Liga o'yinlari translyaciya qilinmaydi
Xitoy davlat teleradiokompaniyasi Ispaniya La Ligasi o'yinlarini translyaciya qilmasligini tasdiqladi va hujumchi Kilian Mbappe bilan bog'liq vaziyat yuzasidan Madridning "Real" klubi tomonidan berilgan tushuntirishlarni rad etdi.
Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Mbappe intervyularidan birida yuzi Xitoy siyosatchisi Mao Czedun qiyofasiga tushirilgan tasvirni eng kulgili mem deb atab, uni "Xitoy diktatori" sifatida tilga olgan edi.
CCTV (Xitoy markaziy televideniesi) telekompaniyasi har qanday keyingi muhokamalar uchun majburiy shart sifatida "Real"dan rasman uzr so'rashni talab qilmoqda.
XXR Tashqi ishlar vazirligi Mbappening o'zi tomonidan keltirilgan uzr malumot uchun qabul qilinganini bildirdi, biroq turli mahalliy tashkilotlar tomonidan elon qilingan boykot bekor qilinishi yoki yo'qligiga aniqlik kiritmadi.

Havola :
Fikrlar