16 okt 09:03
Yangiliklar
Dana Uayt Striklendning UFC’dagi gonorar bo'yicha etiroziga javob berdi
Uaytning aytishicha, Striklend 2026 yil may oyida UFC bilan yangi shartnoma imzolagan. SHu sababli uning hozirgi etirozlari UFC rahbarida savollar uyg'otgan.
"Men u bilan shaxsan gaplashmadim. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardan eshitdim. Lekin SHon Striklend qachon nimadandir norozi bo'lmagan yoki aytadigan gapi bo'lmagan?" deydi Uayt DWCS 96 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
UFC prezidenti Striklend tilga olgan gonorar miqdori haqiqatga to'g'ri kelmasligini ham takidladi.
"U may oyida yangi shartnoma imzolagan. Bu atigi to'rt-besh oy oldin bo'lgan. Men bilishimcha, u aytgan summa to'g'ri emas", deya vaziyatga munosabat bildirdi Uayt.
Uning fikricha, agar Striklend bir yoki ikki yil davomida eski shartnoma asosida jang qilganida, shartlarni qayta ko'rib chiqish masalasini muhokama qilish mumkin bo'lar edi. Biroq u yaqinda yangi kelishuv imzolagan.
Fikrlar