So’nggi yangiliklar

10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0

24 okt 09:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Carukyan va CHimaev jang qilgan RAF 14 turnirining barcha natijalari

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida erkin kurash bo'yicha RAF 14 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida rossiyalik engil vazn toifasi vakili Arman Carukyan to'polonchi Dillon Denis ustidan ishonchli g'alaba qozonib, o'rta vazn toifasida RAF krossoveri chempioni bo'ldi. O'lchamlar bo'yicha sezilarli ustunlikka qaramay, amerikalik greppler Armanga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Carukyan texnik ustunlik bilan 10-0 hisobida g'alaba qozondi.

Bellashuv oxirida asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan Arman bir kun avval matbuot anjumanida ommaviy mushtlashuvga sabab bo'lgan amerikalikni namoyishkorona bosib oldi, ammo bu safar xavfsizlik xizmati tezda harakat qilib, mojaroning avj olishiga yo'l qo'ymadi va tadbir xedlaynerlari oxir-oqibat bir-birlarining qo'llarini siqishdi.

Turnirning ikkinchi muhim bahsida Xamzat CHimaev o'zi singari yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robbi Loulerni osonlikcha mag'lub etdi. O'n bir ochkolik ustunlik Xamzatga texnik g'alaba taqdim etdi.

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, o'rta vazn toifasida Bellator sobiq chempioni Aleksandr SHlemenko kutilmaganda UFC jangchisi Brendan Allenga muddatidan avval imkoniyatni boy berdi.

Olimpiada chempioni, olti karra jahon chempioni Jordan Barrouz ham kutilmaganda 5-7 hisobida amerikalik vatandoshi, talabalar musobaqalaridagi ishtiroki bilangina maqtana oladigan Maykl Kaliendoga yutqazib qo'ydi. 


RAF 14 turnirining barcha natijalari:

Arman Carukyan Dillon Denisni texnik ustunlik bilan 10-0 hisobida mag'lub etdi

Xamzat CHimaev Robbi Loulerni texnik ustundlik evaziga 11-0 hisobida taslim etdi

Lusiya Yepes raqibasi Sara Xildebrandtni 8-7 hisobida engdi

Sebastyan Rivera Vito Arudjaudan qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ustun keldi - 11-11

Maykl Kaliendo Jordan Barrouzni 7-5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi

Rij Lovett Jordan Oliverani texnik ustunlik evaziga mag'lub etdi - 13-2

Yonger Bastida Zak Elamdan 9-1 hisobida ustun keldi

Axmed Gadjimagomedov Mexi Lyuisni 5-4 hisobida engdi

Bella Mir raqibasi Xoup CHeyzdan texnik ustunlik evaziga 10-0 hisobida ustun keldi 

Pet Dauni Magomed Magomedkerimovni ikkinchi bo'limda tushe usulida, yani muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi 

Brendan Allen Aleksandr SHlemenkoni texnik ustunlik hisobiga mag'lub etdi - 10-0

Dilan Ragusin Xuan Archuletani texnik ustunlik hisobiga yutdi - 10-0.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing