23 okt 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Zokirovning Zuffa Boxing’dagi navbatdagi raqibi malum bo'ldi
O'zbekistonlik og'ir vazn bokschisi Jahongir Zokirov professional boksdagi uchinchi jangini 14 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazadi.
Uning raqibi AQSH vakili Jardae Anderson bo'ladi.
Zuffa Boxing bilan shartnoma imzolagan Zokirov promoushen doirasidagi dastlabki jangini o'tkazib ulgurgan.
Tashkilotning navbatdagi turniri 14 noyabr kuni Ar-Riyodda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu boks oqshomida Zokirov professional ringda 11 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan, to'qqizta jangini nokaut bilan yakunlagan Jardae Anderson bilan to'qnash keladi.
Bu Jahongir Zokirovning professional faoliyatidagi uchinchi jang bo'ladi. U hozirgacha ikkita jang o'tkazib, har ikkisida muddatidan avval g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar